beshinchi qavat
tonggi beshni ko’rsatyapti soat millari
derazadan qarayman tong hididan tuymoq uchun
tunsizlik yetar, tong otsin ortiq
tongdaliklar bitilgan komyuter ham horg’in... quvvat so’rar men quvvatsizdan...
binolar orasidan har tong kutganim qoraygan tog’ ni izlayman
xuddi rassom xira qalamda chizgan kabi xira ko’rinadi ular ham...
shukr, chala bino bitmagani sabab bu ham bir yupanch bo’ldi karantinda...
g’animat tog’lar...
beshinchi qavatdan hamma narsani ko’ryapman —
BIROQ O’ZIMNI KO’RMAYAPMAN...
topolmadim sochilgan bo’laklarimni...
topolmadim sochilgan bo’laklarimni...
tong otmoqda...
oyli tong
tongga yarashgan oy...

Hiç yorum yok:
Yorum Gönder