#sevimli satrlar
°°°
Dunyoning derazasi ochiq:
oftobga,
oyga,
yulduzga,
yurakka,
Oftob – uyg‘otar dunyoni.
Oy – yoritar.
Yulduz — dunyo devorida bir surat.
Yurak-chi?
Yurak —
oftobni,
oyni,
yulduzni
o‘g‘irlamoq istab,
deraza oldida turibdi… titrab.
©Tilak Jo‘ra

Hiç yorum yok:
Yorum Gönder